Samarqandda NCLEX seminari va MOCK testi

12-may kuni Samarqand Davlat Tibbiyot Universitetida professorlar, o‘qituvchilar va tibbiyot yo‘nalishidagi talabalarning ishtirokida ilmiy-amaliy mazmunga boy seminar bo‘lib o‘tdi. Seminarda professorlar Richard Kvyatkovskiy va Laziz Mardonov ishtirok etib, xalqaro tajriba hamda NCLEX imtihoniga tayyorgarlik bo‘yicha amaliy tavsiyalar bilan o‘rtoqlashdilar. Seminardan so‘ng birinchi MOCK test — real imtihon sharoitiga maksimal yaqinlashtirilgan tarzda o‘tkazildi. Bu talabalar uchun o‘z tayyorgarlik darajasini sinovdan o‘tkazish va baholash imkoniyatini yaratdi. Samarqand Davlat tibbiyot universitetiga samimiy mehmondo‘stliklari uchun, barcha ishtirokchilarga esa faol qatnashganliklari uchun minnatdorchilik bildiramiz. Shuningdek, xalqaro tibbiy ta’lim rivojiga qo‘shgan hissasi uchun hamkorimiz ICON International Academyga alohida tashakkur izhor etamiz.

Scroll to Top