14-may kuni New Future Success Academy va Central Asia Medical University hamkorligida NCLEX seminari hamda sinov testi o‘tkazildi. Professorlar Richard Kwiatkowski va Laziz Mardonov imtihonga tayyorgarlik bo‘yicha foydali tavsiyalar berdilar. Seminar yakunida ishtirokchilar uchun real imtihon sharoitiga yaqinlashtirilgan sinov (mock) testi tashkil etildi. CAMUga va faol qatnashgan barcha talabalarga minnatdorchilik bildiramiz.

Biz birgalikda xalqaro tibbiy ta’limda yangi marralarga intilamiz.




