16-may kuni NFSA hamda Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti tomonidan NCLEX imtihoni bo‘yicha seminar va amaliy mashg‘ulot tashkil etildi. Tadbir institut rektori professor Shuxrat Teshaev va prorektor Laziz Niyozov tomonidan ochib berildi. Professorlar Kvyatkovskiy va Mardonov xalqaro imtihonga tayyorgarlik strategiyalarini taqdim etdilar. Talabalar real imtihon sharoitiga yaqin muhitda test sinovlarini bajarishdi.

BSMI va barcha ishtirokchilarga faol ishtiroklari uchun minnatdorchilik bildiramiz. Birgalikda tibbiy ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqmoqdamiz.




